"2022-yilning 9-avgust kunidan 10 avgust kuniga o‘tar kechasi  soat 00:04 larda noma’lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko‘l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo‘lgan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab, noma’lum tomonga yashiringan", deyiladi xabarda.

Mazkur holat Namangan viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v”,“g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ta’kidlanishicha, hozirda jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxslarni qidirib topish yuzasidan tashkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlarining natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.