Raqamli texnologiyalar vazirligining kelgusi yilga moʻljallangan rejalari:

  • Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” maʼlumotlar markazi ishga tushiriladi.
  • Startaplarga sharoit yaratish uchun Toshkent axborot texnologiyalari va Inxa universitetlarida sunʼiy intellekt boʻyicha laboratoriyalar ochiladi.
  • Davlat idoralarining 3 ming nafar xodimi, hokimlar va oʻrinbosarlarining bu borada malakasi oshiriladi.

Sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan loyihalar soni 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 50 million dollarga yetkazish koʻzda tutilmoqda.