Uşbu fakt mamlakatimizda soha böyiça oldimizga qöygan maqsadlar sari ildam qadamlar bilan borayotganimizni bildiradi. Sohada aniq reja va strategiyalar asosida tizimli yangi taşabbus va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
“Raqamli Özbekiston — 2030”, “Özbekiston — 2030”, “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş” strategiyalarida 2030-yilga qadar yurtimizni mazkur reytingda dunyodagi eng ilğor 50 ta davlat qatoriga kiritiş maqsad qilingan. Şuningdek, sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkaziş, infratuzilmani kengaytiriş hamda 200 dan ortiq yangi loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Ayni paytdagi raqamlar bu maqsadlarga erişiş uçun tölaqonli imkoniyatga ega ekanimizdan dalolat bermoqda.
Şuningdek, bu borada bir qator rivojlangan davlatlar, turli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik qilinayotgani sohaning izçil rivojlanişiga xizmat qilmoqda. Ilğor tajriba va zamonaviy yondaşuvlarni örganiş mamlakatimizda sunʼiy intellekt sohasini taraqqiy ettirişning ustuvor yönalişlarini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Jumladan, Özbekistonning Sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik böyiça Butunjahon taşkiloti — WAICOga taʼsisçi davlatlardan biri sifatida qöşilişi yurtimizning global AI hamjamiyatidagi iştirokini yanada kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.
Özbekistonning Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi taşabbuslari ham sohada mintaqaviy hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan. Joriy yilning 15-may kuni bölib ötgan “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlaniş” mavzusidagi norasmiy sammitda davlatimiz rahbari taşkilotga aʼzo davlatlar örtasida sunʼiy intellekt böyiça strategik hamkorlik tarmoğini şakllantiriş zarurligini taʼkidladi. “Raqamli turkiy koridor” konsepsiyasini işlab çiqiş va Toşkentda texnologiyalar forumini ötkaziş taklifi esa bu hamkorlikni amaliy loyihalar bilan boyitişga xizmat qilişi mumkin.
Özbekiston sohadagi eng ilğor davlatlardan biri — AQŞ bilan hamkorlikda bir qator yangi taşabbus va loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Jumladan, yaqinda “Raqamli hukumat” data markazida AQŞning “NVIDIA” texnologiyalari asosidagi superkompyuter işga tuşirildi. U quvvati böyiça jahon reytingida 321-örinni egalladi. Bir oy içida klaster yuklamasining 90 foizga yetgani mamlakatimizda hisoblaş quvvatlariga talab yuqori ekanini körsatmoqda. Ayni paytgaça mamlakatimizda 24 million dollarlik zamonaviy hisoblaş infratuzilmasi işga tuşirilgan bölsa, kelgusida bu işga 70 million dollar yönaltiriladi.
Şuningdek, turli hududlarda, masalan, Qoraqalpoğistonda, Farğona, Toşkent va Buxoro viloyatlarida xorijiy investorlar hamkorligida data markazlar barpo etilmoqda.
Yangi olam
Sunʼiy intellekt ekotizimi rivojlantirilmoqda degan ibora işlatilganda ayrim odamlar endi Özbekistonda ham “ÇatGPT”, “Deepseyek”ga öxşagan dasturlar böladi deb öylaydi. Ammo ekotizim yaratiş şunçaki bir dastur yoki texnologiyani işlab çiqiş degani emas. Albatta, bunday dasturlar tayyorlaş ham ekotizimning bir bölagi, ammo uni töliq ifoda etolmaydi. Sunʼiy intellekt ekotizimini tuşuniş uçun, avvalo, ekotizim özi nima ekanligini biliş zarur. Masalaga ekotizimning tabiat qonuniyatlaridan biri — ozuqa zanjiri orqali qaraylik. Yaʼni ozuqa zanjirida ösimlik, ötxör va yirtqiç hayvonlar hamda parçalovçi mikroorganizmlar yana ösimlikka aylanadi. Har bir böğin keyingisi uçun tamal toşi vazifasini ötaydi. Bir-birini hosil qiladi.
Davlat miqyosidagi sunʼiy intellekt ekotizimi ham şunday: kuçli AI modeli + töliq raqamlaştirilgan davlat + raqamli ID + API ekotizimi + tölov infratuzilmasi + kiberxavfsizlik tarmoqlarining birgalikda rivojlanişi. Oddiy qilib aytsak, sunʼiy intellekt rivojlanişi uçun, avvalo, maʼlumotlar raqamlaştirilişi kerak. Buning uçun yirik hajmli maʼlumotlarni saqlovçi serverlar, data markazlar, ularni harakatlantiruvçi hisoblaş tizimlari bölişi zarur. Şu jihatdan olib qaraganda, ekotizim yaratiş uçun heç bir yönalişni eʼtibordan çetda qoldirib bölmaydi.
Bugun zamonaviy dunyoda yangi, “virtual olam” şakllanyapti. Dunyo davlatlari bu olamda öz örniga ega böliş uçun bor ğayrat-şijoatini işga solmoqda. Çunki “raqamli iqtisodiyot”, “elektron hukumat”, “onlayn gig iqtisodiyoti” kabi tuşunçalar bugun mamlakatning qay darajada taraqqiy etganini bildiradi. Ayniqsa, keyingi yillarda sunʼiy intellektning ommalaşişi bu jarayondagi raqobatni yanada kuçaytirdi.
Xöş, ayni paytda raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanişning Özbekiston iqtisodiyotidagi örni qançalik kengayib bormoqda? Oxirgi beş yilda sohadagi yalpi qöşilgan qiymat örtaça 24,8 foiz ösib, mazkur körsatkiç yalpi içki mahsulotdagi ösiş surʼatlaridan 3,5 barobar yuqori bölgan.
Sunʼiy intellekt va raqamlaştiriş bugungi kunda faqat texnologik yangilaniş emas, balki iqtisodiyot samaradorligi, davlat boşqaruvi sifati, xizmatlar qulayligi, eksport salohiyati va mamlakat raqobatbardoşligini belgilaydigan strategik yönalişdir.
Sunʼiy intellektning keng qamrovli rivojlanişi sohalar qançalik raqamlaştirilganiga boğliq. Bu jarayonlar bir-birini töldiradi va uzviy ravişda taraqqiy etib boradi.
Özbekistonda bu borada barça tarmoqlarda jadal islohotlar olib borilmoqda. Davlat xizmatlarini elektron tartibda körsatiş kengaymoqda. Soğliqni saqlaş, içki işlar, oliy taʼlim, sud tizimi va boşqa barça sohalarda raqamlaştiriş jarayoni şiddat bilan olib borilyapti.
Globallaşuv va raqamli transformatsiya davrida insoniyat hayotining deyarli barça sohalari internet maydoniga köçmoqda. Ilgarigidek qoğoz hujjatlar, navbatlar va hisob-kitoblar örnini endi elektron tizimlar, raqamli xizmatlar va mobil ilovalar egalladi. Taʼlim, tölovlar, hatto tadbirkorlik faoliyati ham onlayn rejimda yölga qöyilmoqda.
Bu jarayon insonlarga qulaylik yaratiş bilan birga iqtisodiyot uçun ulkan imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Birgina elektron tölov tizimlari, raqamli bank xizmatlari va elektron savdo platformalari iqtisodiy faollikni oşirmoqda. Natijada davlat xizmatlari fuqarolar uçun yanada şaffof va qulay şaklga aylanmoqda.
Tibbiyot sohasini oladigan bölsak, “elektron navbat”, “elektron retsept” va boşqa bir qator xizmatlar yölga qöyildi. Raqamlaştiriş natijasida tizim faoliyati yanada şaffoflaşdi.
Barça sohalarda sunʼiy intellekt iştirokini köpaytirişga ham harakat qilinmoqda. Jumladan, soğliqni saqlaşda insult va kökrak bezi saratonini erta aniqlaş, tibbiy körik jarayonlarini avtomatik bayonlaştiriş, raqamli tibbiy yordamçi dasturlarni joriy etiş, qişloq xöjaligida ekinlar hosildorligini prognoz qiliş, fitosanitar xavflar böyiça fermerlarning xabardorligini taʼminlaş, yaylovlar holatini monitoring qiliş, transport sohasida yöl qoplamalari va temir yöl infratuzilmasini monitoringini ötkaziş, haydovçini xavfli vaziyatlardan ogohlantiriş, “aqlli” transport tizimlarini rivojlantiriş kabi loyihalar kengaytirilyapti. Bank tizimi fuqarolar bilan muloqot, şaxsning kredit tarixini aniqlaş xizmatlarida sunʼiy intellektdan foydalanmoqda.
“Özbekiston — 2030” strategiyasida elektron şaklda körsatiladigan davlat xizmatlari uluşini 100 foizgaça yetkaziş hamda davlat xizmatlarini “3 qadam”, “foydalanuvçi uçun moslaştirilgan”, “barçasi bir mobil ilovada” tamoyillari asosida raqamlaştiriş közda tutilgan. Şuningdek, “Raqamli hukumat” tizimi orqali barça hujjatlar va munosabatlarning raqamli şaklda bölişini taʼminlaş, fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanişi uçun murojaat qilişida ariza yoziş, turli şakllarni töldiriş kabi ortiqça formal tartiblarni bekor qiliş, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan özi oladigan tizim yaratiş maqsad qilingan.
Törtinçi sanoat inqilobi
Xalqaro maydonda sunʼiy intellektga şunday taʼrif beriladi. Rostdan ham u kirib bormagan soha yöq hisob. Bank-moliya, adliya, soğliqni saqlaş, taʼlim yoki boşqa qaysi yönaliş bölmasin, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanilsa, özining eng yuqori darajasini namoyiş qilmoqda.
Sunʼiy intellekt nafaqat sohalar, davlatlar taraqqiyotini yangi bosqiçga kötarmoqda, balki özi ham takomillaşib boryapti. Endi sunʼiy intellekt dasturlari faqatgina maslahat beriş bilan çeklanmasligi zarur. Ular buyruqlarni bajaruvçi, yaʼni katta harakat modeli (LAM)ga aylanişi talab etilmoqda. Bundan buyon odamlarga faqatgina maslahat beradigan çatbotlar emas, ularning örniga işlarini bajaradigan texnologiyalar kerak. Buning uçun esa sunʼiy intellekt ekotizimi yaratilgan bölişi zarur.
Özbekiston sohadagi keng qamrovli islohotlari bilan ayni şu maqsad sari harakat qilmoqda. Dunyoda bunday tölaqonli ekotizimga ega davlatni misol keltiriş qiyin. Boisi, sunʼiy intellekt texnologiyalarini yaratiş böyiça yetakçi mamlakat — AQŞda ham tarmoqlar töliq raqamlaştirilgani bilan integratsiya qilinmagan. Singapur, Estoniya kabi davlatlar esa eng mukammal markazlaşgan tizimga ega, sohalar raqamlaştirilgan, ammo sunʼiy intellekt texnologiyalari mukammal emas.
Umuman olganda, yurtimizdagi sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantiriş borasidagi saʼy-harakatlar, yangidan yangi loyiha va taşabbuslar yangi Özbekiston mukammal sunʼiy intellekt ekotizimiga ega bölişi uçun qöyilayotgan muhim qadamlardir.
Sanjar EŞMURODOV,
“Yangi Özbekiston” muxbiri