Sun'iy intellekt Yerdagi barcha yovvoyi sutemizuvchilarning umumiy og'irligini hisoblab chiqdi

    Neyrotarmoq Yerdagi barcha yovvoyi sutemizuvchilarning umumiy bioog'irligini aniqladi.

    Natijalar quruqlikdagi turlar 22 million tonnani, dengiz turlari esa 40 million tonnani tashkil qilishini ko'rsatdi.

    Tadqiqot doirasida Veytsman instituti (Isroil) biologlari hayvonlarning 382 turi bo'yicha asosiy ma'lumotlarni to'plashdi: ularning soni, o'rtacha tana vazni, yashash muhiti, ovqatlanish va boshqa omillar. Keyin ma'lumotlar sun'iy intellekt tizimiga yuklangan.

    Natijalar quruqlikda umumiy og'irlik bo'yicha fillar emas, balki oq dumli bug'ular yetakchi ekanini ko'rsatdi – ular umumiy bioog'irlikning 10 foizini yoki 8,8 million tonnani tashkil qiladi. Yovvoyi yirtqichlarda bu ko'rsatkich 3% ni tashkil qiladi. Ko'rshapalaklar va kemiruvchilar (odamlar yonida yashovchi sichqon va kalamushlar bundan mustasno) har biri 7% lik ko'rsatkichni qayd etdi. Mo'ylovli kitlari dengiz sutemizuvchilari orasida birinchi o'rinni egalladi – umumiy bioog'irlikning 50% ini tashkil etdi, deb xabar beradi mir24.tv.