Karnegi instituti jamoasi minerallarni aniqlash usulini ishlab chiqishga kirishdi. Ilgari qidiruvning muvaffaqiyati ma'lum darajada mutaxassisning individual mahoratiga va omadga bog'liq edi.

Olimlar sun'iy intellekt modelini yaratishdi va uni 5478 turdagi foydali qazilmalarning 295 583 ta koni qayd etilgan Mineral Evolution ma'lumotlar bazasida o'qitishdi. Tizim yer ostida joylashgan konlarni aniqlash imkoniyatiga ega.

Model Moxave cho'lidagi Tekopa havzasida sinovdan o'tkazildi. Bu joy Marsning cho'l yerlariga o'xshab ketadi. Tajribalar davomida sun'iy intellekt uraninit (nasturan), rezerfordin, andersonit, shrekingerit, beyliit va zippeit kabi geologik muhim minerallarning joylashgan o'rnini aniqlab berdi. Bundan tashqari, model noyob elementlar va litiy minerallarini qidirishning istiqbolli yo'nalishlarini topdi, deb xabar beradi mir24.tv.