Kadrlarda “Tarix” asarini yozgan yunon tarixchisi va geografi Gerodotning “o'zidan” yunon-fors urushlarining batafsil tavsifini eshitishingiz mumkin.

Shuningdek, yunon matematigi, astronomi, davlat arbobi va faylasufi Xales ham videorolikdan o'rin olgan.

Keyin videorolikda “Iliada” va “Odisseya” asarlari muallifi hisoblangan Gomer “gapiradi”.

Yunon davlat arbobi va notiq Demosfen ham videorolikda ko'rinish bergan.

Aristotel shunday deydi: “Men Platonning shogirdi edim, keyinroq Aleksandr Makedonskiyning ustozi bo'ldim”.

Suqrot moddiy ne'matlarni rad etib, oddiy hayot kechirganini “aytadi”.

Bundan tashqari, videoda Platon va Xrisippni ham eshitish mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.