Dastur 2024-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan Vera Rubin rasadxonasi uchun ishlab chiqilgan. U 10 yil davomida tungi osmonni kuzatib boradi. Rasadxona ishga tushirilgunga qadar algoritm Gavayidagi teleskoplar tizimida test rejimida sinovdan o'tkazildi.
Olimlarning fikriga ko'ra, Quyosh tizimida turli o'lchamdagi va og'irlikdagi bir necha o'n millionlab fazoviy jism mavjud. Ushbu obyektlar taxminan to'rt milliard yil oldin, yulduzlar va sayyoralar evolyutsiyasining eng dastlabki bosqichida shakllangan.
Ba'zi obyektlar Yerga yaqin orbitada aylanadi va potentsial xavfli hisoblanadi. Orbitalari sayyoramizdan 5 million milya (8 million kilometr) uzoqlikda bo'lganlarga alohida e'tibor beriladi. Olimlar to'qnashuvning mumkin bo'lgan xavfini baholash uchun ularning traektoriyasini kuzatishadi.
Hozirgi vaqtda barcha xavfli asteroidlar ma'lum emas. Astronomlarning hisob-kitoblariga ko'ra, 2000 ga yaqin fazoviy jism hali aniqlanmagan yoki ro'yxatdan o'tkazilmagan.
Boshqa teleskoplar 2022 SF289 ni Somon yo'lining yulduz maydonlari oldidan o'tayotganda aniqlay olmadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, u Yerga 225 ming kilometr masofada – Oydan ham yaqinroq masofada yaqinlasha oladi, biroq yaqin kelajakda to'qnashuv ehtimoli yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.