Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, sun'iy intellekt protoplanetar disklardagi izlar asosida – yosh yulduzlar atrofidagi gaz bulutlarini kuzatib, ekzosayyorani topishi mumkin. Ushbu yondashuv ilgari an'anaviy usullar bilan aniqlanmagan samoviy jismlarni topishga imkon beradi.
Olimlar o'zlari o'rgangan obyektlarda bir qator kompyuter simulyatsiyalarini o'tkazishdi va tizim ekzosayyoralarni to'g'ri joylashtirdi. Keyin ma'lumotlar to'plami kengaytirildi va sun'iy intellekt ilgari noma'lum bo'lgan sayyoraga ega protoplanetar diskni aniqladi.
Tadqiqotchilar tekshirib ko'rishdi va diskda haqiqatan ham yangi paydo bo'layotgan sayyoralarning xarakterli belgilarini, ya'ni gaz tezligidagi g'ayrioddiy og'ishlarni aniqlashdi.
Tadqiqotchilarning fikricha, sun'iy intellekt odamlar payqamay qolishi mumkin bo'lgan muhim ma'lumotlarni tez va aniq aniqlashga qodir. Ayniqsa, katta hajmdagi ma'lumotlar haqida gap ketganda, tahlilni sezilarli darajada tezlashtiradi, deb xabar beradi mir24.tv.