Roman Drozd qabul uchun minnatdorlik bildirib, viloyatga tashrifidan maqsad oʻsimliklarni yetishtirishning innovatsion texnologiyalarini, sunʼiy intellekt yordamida dalalarni kechayu kunduz monitoring qilish imkoniyatini beruvchi Cropler tizimini joriy etish boʻyicha hamkorlar topish, gidroponik va aeroponik ekin yetishtirish tizimlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ekanligini maʼlum qildi.
Taklif etilayotgan innovatsion usullar boʻyicha taqdimot oʻtkazildi, ularning viloyatning qishloq xoʻjaligi sohasi uchun afzalliklari, tejamkorlik xususiyatlari haqida fikr almashildi.
Viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi sohasidan masʼul oʻrinbosari Alibek Tursunov ham ishtirok etgan uchrashuvda hamkorlikni viloyat qishloq xoʻjaligi subyektlari uchun manfaatli usulda yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.