Mutaxassislar iqlim va iqtisodiy modellarni birlashtirishdi va katta hisoblash quvvatiga ega qurilmaga juda ko'p sonli ma'lumotlar kiritishdi: har xil turdagi energiyani ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning 1200 texnologiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish usullari haqida ma'lumot, aholi soni, energiya texnologiyalari xarajatlari va boshqalar. Natijada kompyuter dunyoning 15 ta mintaqasi uchun 2100-yilgacha bo'lgan iqlim bilan bog'liq ofatlarining to'rt mingta ssenariysini ishlab chiqdi.

Superkompyuter ssenariylarning 70 foizida 2028-yilga kelib sayyoradagi havo harorati 1,5 darajaga ko'tarilishini bashorat qildi. Bu ko'rsatkich hali ham insoniyat uchun xavfsiz, ammo ko'rsatkichning bundan ham oshib ketishi halokatli oqibatlarga olib kelishini ta'kidlashmoqda olimlar. Ular global isishni nazorat ostida ushlab turish uchun zaruriy choralar ko'rishga chaqirishdi, deb xabar beradi mir24.tv.