Nashrning xabar berishicha, 3-4 metr uzunlikdagi baliqning tasviri Janubiy Shetland orollari yaqinida taxminan 490 metr chuqurlikda, suv harorati atigi +1,27 °C bo'lgan paytda olingan.

“Biz u yerga akulalarni ko'rishni kutmagan holda bordik, chunki umumiy qoida shundaki, Antarktidada akulalar bo'lmaydi. Va bu hatto kichik akula ham emas. Bu haqiqiy sovrin. Ular haqiqiy tanklar”, deya tadqiqotchi Alan Jeymison so'zlaridan iqtibos keltiradi nashr. Olimlarning ta'kidlashicha, yirtqichning paydo bo'lishi iqlim o'zgarishi va okeanlarning isishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, bu esa akulalarni Janubiy yarim sharning sovuqroq suviga ko'chib o'tishga majbur qilishi mumkin, deb xabar berdi ria.ru.