Joriy yilning 2-aprel kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMBga A. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, shahardagi Taraqqiyot koʻchasida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan tanishi F.V. uning rasmlarini internet tarmogʻi orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, ushbu suratlarni tarqatmasligi evaziga 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yoʻli bilan talab qilib kelayotganini bildirgan.
Arizaga asosan, shu kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 2-IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, F.V. ariza muallifidan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.