Tojikistonning “Xovar” milliy axborot agentligi xabariga koʻra, ayni paytda Suriya hukumatiga qarshi muxolifat kuchlari lagerlarida 500 dan ortiq Tojikiston fuqarosi bor.
Vazir xabariga koʻra, hozirgi paytga kelib 286 nafar Tojikiston fuqarosini olib kelish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Ular SOVID-19 bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgandan soʻng xalqaro aviaqatnovlar tiklanishi bilan olib kelinadi.
“Vazirlik ushbu yoʻnalishda Tojikiston Respublikasining Kuvaytdagi — bir vaqtning oʻzida Suriyadagi elchisiga vakolat bergan. Shuningdek, vazirlik Tojikiston fuqarolarini qaytarish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan ham ish olib bormoqda”, dedi Sirojiddin Muhriddin.