Suriyaning Aleppodagi provinsiyasida turar-joy binosining qulashi oqibatida 16 kishi halok boʻldi. Bu haqda “Sham FM” radiostansiyasi xabar berdi.
“Shayx Maqsud kvartalidagi turar-joy binosining qulashi natijasida 16 kishi halok boʻldi, toʻrt kishi esa jarohat oldi. Bu yerda asosan kurdlar istiqomat qilgan. 5 qavatli bino poydevori namlikning ortishi natijasida qulab tushdi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, 7 ta oiladan 30 ga yaqin odam vayronalar ostida qolgan, ularni qutqarish boʻyicha operatsiya davom etmoqda. Voqea joyida oʻt oʻchiruvchilar va fuqaro mudofaa kuchlari ishlamoqda.