Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar xorijiy davlatlarda mavsumiy ishlashi davomida Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan va ularning taʼsirida 2021-yilning avgust oyida Suriya Arab Respublikasi hududiga oʻtib, “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan.
Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida ushbu shaxslar xorijiy davlatlarning birida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga olib kelingan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Internet tarmogʻidan foydalanish va xorijda boʻlish davomida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining din niqobi ostidagi soxta daʼvatlariga aldanib qolmasliklaringizni soʻraymiz. Shuningdek, sizda shubha tugʻdirgan Telegram guruhlariga aʼzo boʻlishdan tiyilishni maslahat beramiz”, – deyiladi xabarda.