Soʻngra virtual tanishining huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining eʼtiboriga tushmaslik boʻyicha bergan koʻrsatmalari asosida, 2023-yilning iyun oyida aviachiptani aynan uchib ketish kuni qimmat narxda boʻlishiga qaramay, sotib olib, Istanbul shahriga joʻnab ketadi.
Turkiya orqali Suriyaga oʻtgan jizzaxlik yigit “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti aʼzolari safida gʻoyaviy hamda harbiy tayyorgarlikdan oʻtadi.
Ammo, Suriya hukumati kuchlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida jiddiy jarohat oladi. Sogʻligi tiklanganidan keyin, u terroristik tashkilotning xoʻjalik ishlariga jalb etiladi.
2023-yilning dekabr oyida davolanish uchun yashirin yoʻllar bilan Suriyadan qoʻshni davlatga oʻtgan vaqtida qoʻlga olingach, Oʻzbekistonga olib kelindi.