1981 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan Latipova Manzura Murodovna 2015 yilda Moskva shahrida yashovchi “Dilshod” ismli shaxs bilan “Odnoklassniki”  ijtimoiy tarmog'i orqali tanishib qoladi. Dilshod esa uni Rossiya davlatiga kelishini, u erda diniy erkinlik borligini aytib yoniga chaqiradi.

2015 yil aprel oyida Manzura farzandlari bilan  Rossiya Federatsiyasiga etib boradi.

Shundan so'ng,  u diniy ekstremistik oqimning a'zosi bo'lgan “Dilshod”ning da'vatlari asosida Rossiyadan Ozarbayjon Respublikasi orqali Turkiya davlatiga o'tadi.

U erdan aylanma yo'llar orqali Suriyaga borib ISHID tarkibidagi “Hayat Tahrir ash-SHam” terrorchilik tashkilotining jangarilariga safiga qo'shilgan.

Shuningdek, M. Latipovaning 1998 va 2000 yilda tug'ilgan qizlari ham onasi bilan birgalikda terrorchilik tashkilotining jangarilariga qo'shilgan.

Hozirda ularga nisbatan   Huquq tartibot organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 244 prim 2 moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qidiruv e'lon qilingan.