DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati axborotiga koʻra, maʼlum muddat ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi “Boʻston” sanatoriysiga joylashtirilib, ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha zarur ishlar amalga oshirildi.

Kuni kecha Chirchiq shahrida “Mehr – 5” operatsiyasida olib kelingan bolalarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beradi OʻzA.

Taʼkidlanganidek, yurtimizda kechirimlilik, afv etish, adashgan kishilarning toʻgʻri yoʻlga tushib ketishiga imkon berishdek ezgu ishlar muntazam amalga oshirilmoqda. Chirchiq shahar IIB va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan 45 nafar bolaga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirildi. Qolgan 24 nafar bolaga esa boshqa viloyatlardan takroriy guvohnomalar olishi taʼminlandi.