“Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi

    Qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida oʻtish bir oy ichida 2-marta sodir etilsa yoki tezlik 5-marta oshirilsa – 1-yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.

    Oʻtgan yilda haydovchilar 24 millionta huquqbuzarlik sodir etgan. Bularning 81 foizi qoʻpol qoidabuzarlikka kiradi. Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida bu surunkali tus olgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda aholi, hatto taniqli shaxslar oʻrtasida “jarimani toʻlab qoʻydim-ku, xohlaganimdek yuraveraman”, deyish avj olgan.

    “Endilikda yoʻllarda haydovchilik madaniyatini oshirish, ashaddiy huquqbuzarlarga qonun kuchini koʻrsatish maqsadida yangi tizim qilamiz”, – dedi Prezident.

    Buning uchun “Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi.

    Qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida oʻtish bir oy ichida 2-marta sodir etilsa yoki tezlik 5-marta oshirilsa – 1-yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.

    Bunday huquqbuzarliklar bir oy ichida 10 tadan koʻp boʻlsa – 6 oygacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.

    Shuningdek, tezlik uchun jarimalarni qayta koʻrib chiqib, meʼyordan 2-3 karra tez yurganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.