“Surxon” davlat qoʻriqxonasida oʻrnatilgan fotoqopqonga morxoʻr, jayra, Turkiston tulkisi va boʻrsiq tushib qoldi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qoʻriqxonasida oʻrnatilgan fotoqopqonga morxoʻr, jayra, Turkiston tulkisi va boʻrsiq muhrlandi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, qoʻriqxonada 800 dan ortiq oʻsimlik va 26 tur sut emizuvchilar, 136 tur qushlar, 23 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar, 4 tur baliqlar uchraydi.

    Shuningdek, 41 turdagi oʻsimlik va 21 turdagi hayvon Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan.