Uch kun davom etgan ommaviy qabullarda 900 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 336 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 136 nafar murojaat egasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 339 ta murojaat ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, nazoratga olindi.

Murojaatlar sohalar boʻyicha tahlil qilinganda, ularning asosiy qismi uy-joy olish, moddiy yordam, ish haqi, pensiya taʼminoti hamda bank-moliya, soliq, sud, ishga joylashish, ishga tiklanish, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalari, tabiiy gaz, elektr taʼminoti hamda yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha kelib tushgan. Ommaviy qabullar davomida aksariyat murojaatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar oʻz joyida hal etilib, murojaatchilarning talabi qondirildi.

Xususan, qabul davomida ehtiyojmand, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar vakillariga tikuv mashinkalari, duxovka va gaz plitalari, nogironlik aravachalari topshirildi. Tumanning “Saliobod” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Dilnoza Gʻaniyeva barvaqt ota-onasidan judo boʻldi. Natijada voyaga yetmagan singlisi bilan yolgʻiz qoldi. Bu xam yetmagandek ishsizlik dard ustiga yana bir dard edi. Turmush tashvishlari endi Dilnozaning zimmasida. Shu bois, uning sayyor qabulga ish soʻrab qilgan murojati tezda oʻrganilib shu yerning oʻzida unga tikuv moshinasi olib berildi.

Qiziriq va Bandixon tumanlari viloyatimizning ijtimoiy sharoiti nisbatan ogʻir hududlaridan sanaladi. Shu bois Respublika miqyosidagi rahbarlar tomonidan mazkur hudud aholisining muammo va tashvishlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan ommaviy qabullar Qiziriq tumanida tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 500 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari yechimiga kirishilar ekan amaliy natijalar darrov boʻy koʻrsatdi. Misol uchun, Bandixon tumanining “Saroy” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Chorshanbi Elmurodov bundan 5 yil avval baxtsiz xodisa tufayli toʻshakka mixlanib qolgan edi. Toshkent shahridagi malakali shifokorlar koʻrigidan oʻtgan vohadoshimizga jarrohli mualajasidan soʻng yurishi mumkin degan xulosa bor. Biroq Chorshanbi akaning iqtisodiy imkoniyati cheklanganligi bois u kishi mustaqil harakat qilshdek neʼmatdan bebehra edi. Ommaviy qabul esa Chorshanbi Elmurodovning hayotida yangi saxifa ochilishiga sabab boʻldi. Uning davolanishi uchun kerakli mablagʻ ajratildi.

Sunnat Nasriddinov va Sirojiddin Samadov jinoyat sodir qilganligi uchun sud tomonidan ularga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi. Qahramonlarimizning hulq atvori oʻzgarganligi, chin koʻngildan pushoymon boʻlganligi hamda tuzalish yoʻliga oʻtganligi sababli Termiz tuman jinoiy ishlar boʻyicha sudiga Termiz tuman probatsiya guruhi tomonidan taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma, mazkur sayyor qabulda tashkil etilgan sudda koʻrib chiqilib qanoatlintirildi. Sunnat Nasriddinov va Sirojiddin Samadov Oʻzbekiston Respubulikasi jinoyat kodekisining tegishli moddasiga asosan muddatdan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Ommaviy qabul davomida oldingi ana shunday ochiq muloqotlar jarayonida koʻtarilgan masalalar ijobiy yechim topgani, odamlarni rozi qilish yoʻlida hayotga tatbiq etilayotgan tub islohotlardan mamnun ekanini bildirish uchun kelgan yurtdoshlarimiz ham koʻp boʻldi.

Misol uchun, Maryam Muhammedova Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan viloyatda tashkil etilgan ilgarigi ommaviy qabulda ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borayotgan oʻgʻli ishdan nohaq boʻshatilgani yuzasidan murojaat qilgan edi. Oʻtgan davr mobaynida bu masala mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan har tomonlama xolis koʻrib chiqilib, adolat qaror topdi. Bundan tabiiyki, uning barcha oila aʼzolari, avvalambor, onaizorning koʻngli togʻdek koʻtarildi.

Bir soʻz bilan aytganda, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishi bilan yashash mutasaddilarning eng asosiy maqsadi boʻlib, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yoʻl transporti xizmatini koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida vokzalda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, korxona oʻz mablagʻi va Oʻzmilliy bank kredit mablagʻlarini yoʻnaltirgan holda 24 milliard soʻmlik bunyodkorlik ishlari bajarildi.

Vokzaldagi kutish va komfort zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron maʼlumotlar markazi, kutubxona, milliy sovgʻalar, gazeta-jurnallar shoxobchasi, yuklarni vaqtinchalik saqlash xizmati kabi barcha boʻlimlar zamonaviy andozalarda tashkil etildi. Bundan tashqari, majmuaga qoʻshimcha ravishda oʻttiz uch oʻrinli mehmonxona qurib bitkazildi.

Ushbu ishlar natijasida Namangan temir yoʻl vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib, bir vaqtning oʻzida 250 nafar, sutkasiga 2,5 ming nafar yoʻlovchiga zamonaviy xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi.

Vokzal Fargʻona vodiysi xalqa temir yoʻli boʻylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy shaharlari va mamlakatimizning boshqa hududlari bilan transport bogʻlanishida muhim boʻgʻin boʻlib xizmat qiladi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.