Surxondaryo viloyati Angor tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer, xo‘jalik ixtiyoridagi 7,7 gektar yer maydonini 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Bu «xizmati» evaziga u 800 million so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, fermer muqaddam 520 million so‘mni qo‘lga kiritgan. U qolgan 280 million so‘mni olayotgan vaqtida ashёviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.