Viloyat hokimi ularga mamlakatimizda yuz berayotgan olamshumul oʻzgarish va yangilanishlar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Yurtdoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari bilan qiziqib, muammo hamda takliflarini tingladi.

Ularning aksariyati uy-joy, tomorqa bilan taʼminlash, viloyatga qaytib borgach, tadbirkorlik bilan shugʻullanishiga koʻmaklashish, mahallalarda zamonaviy bolalar oʻyingohlari barpo etish kabi masalalarni oʻrtaga tashladi. Shu yerning oʻzida 12 ta murojaat hal etildi. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar uchun muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

Surxondaryoliklarning Rossiya davlatiga safari davom etmoqda.