Unda maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017-2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi taʼminlash maqsadida 2017-2020-yillarda jami 80 mlrd soʻm bank kreditlari hamda 13,3 mlrd soʻm Respublika byudjet mablagʻlari evaziga 650 ta uylarning tom qismi mukammal va 320 ta uylaring tom qismi joriy taʼmirlandi. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning

2800 ta kirish yoʻlakchalari taʼmirlandi, 1615 ta temir eshiklar va kodli qulflar oʻrnatildi. 1050 ta uylarning fasad qismi taʼmirlandi. Koʻp qavatli uylar yonida 395 ta bolalar maydonchalari yangidan qurildi, 188,2 ming kvm yoʻlaklar beton qoplamasi yotqizildi. Bundan tashqari minglab noqonuniy qurilishlar buzildi hamda zarur obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Birgina oʻtgan yili dastur doirasida taʼmirga muhtoj boʻlgan 153 ta koʻp qavatli uylarda taʼmirlash va xududlarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Respublika byudjeti hisobidan 4,3 mlrd soʻm va “Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash” jamgʻarmasi xisobidan 1,1 mlrd soʻm mablagʻlar evaziga 16 ta koʻp qavatli uylarning tom qismini taʼmirlash, 8 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini taʼmirlash, 6 ta uylarning fasad qismini taʼmirlash, 68 ta bolalar maydonchalari qurish, 20 ming kv.m piyodalar yoʻlagi beton qorishmasi bilan qoplash, 201 ta yoritish chiroqlari oʻrnatildi.

- Bizning “Sarvar Termiz Servis” FBK MCHJ boshqaruv kompaniyamiz Termiz shahridagi “Oʻzbekiston”, “Bogʻishamol”, “Guliston”, “Guliraʼno”, “Alpomish” va “Kattabogʻ” mahallalardagi 109 ta koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatadi,- deydi kompaniyasi raisi Sadriddin Otaqulov. - Tasheilotda tunu-kun ishlaydigan avariya dipetcherlik xizmati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, aholining murojaatlarini joyida xal etish choralari koʻrilmoqda. Bundan uy-joy fondi egalari mamnun boʻlishayapti.

Matbuot anjumanida soha faoliyatidagi oʻzgarishlar, erishilayotgan ijobiy yutuq va natijalar, mavjud muammolar qayd etilib, mavzu yuzasidan jurnalistlar savollariga javob berildi.

Azimbek Samadov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.