Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
T. Bobolov Termiz xalqaro aeroportida viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari va boshqa mutasaddilar bilan muloqot oʻtkazib, vohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqaror ishlashini taʼminlash hamda boshqa zarur masalalar xususida atroflicha fikr almashdi.
Viloyat hokimi yangi gʻoyalar bilan oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.