Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, loyiha doirasida 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Mazkur korxona — “HUMO NEW ENERGY” MCHJ tomonidan mustaqilligimizning 34-yilligi arafasida xalqimiz uchun munosib tuhfa sifatida ishga tushirildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, tayyor yuk avtomobillarini koʻzdan kechirdilar.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan arzon va sifatli yengil yuk mashinalarining asosiy butlovchi qismlari mahalliy sharoitda tayyorlanishi aholiga hamyonbop va ishonchli transport vositalari taqdim etish imkonini yaratadi.
Loyihaning keyingi bosqichida yengil yuk elektromobillari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.








