Xususan, 2022-yil 7-aprel kuni fuqaro M. J. ariza bilan murojaat qilib, unda “Xudoyberdi” ismli shaxs Sariosiyo tumanidagi “Xisor” davlat oʻrmon xoʻjaligiga tegishli 0,20 gektar yer maydonini har bir sotixini 7 mln. 250 ming soʻmdan, jami 145 mln. soʻmga sotishini aytib, oldindan 145 mln. soʻm berishini talab qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur murojaatga asosan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tumani, Subxidam MFYda yashovchi X.S. arizachidan talab qilingan 145 mln. soʻm pullardan 100 mln. soʻmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.