Mazkur boshqarma xodimlari uchun zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan ikki qavatli yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.  Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda tizim xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari kamida 2-3 ta xorijiy tillarda mukammal so‘zlasha oladi. Voha tarixi va urf-odatlari haqida yetarlicha bilimga ega xodimlar samarali faoliyat olib bormoqda. Ularning xizmat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 4 ta yengil avtomashina, 5 ta motosikl, 1 ta avtobus, 5 ta skuter, 6 ta sigvey kabi zamonaviy transport vositalari ajratilgan.

Termiz shahridagi “Yulduz” mahallasi hududidan 2 qavatli zamonaviy jihozlangan xizmat binosi qurilishiga 7,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ushbu binoda situasion markaz tashkil etilgan. Bu yerda viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinib, tegishli yordamlar ko‘rsatiladi. Markaz viloyat hududiga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini to‘laqonli darajada ta’minlashga xizmat qiladi.

Azimbek Samadov.