Murojaatda maʼlum qilinishicha, 2021-yilning aprel oyi boshlarida va 1-maydan 2-mayga oʻtar kechasi Qumqoʻrgʻon tumanidagi MCHJ omborxonasidan unga tegishli 12.929 kg dorilangan chigit nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqarolar — 29 yoshli M.Shoxrux, 33 yoshli T.Otabek, X.Abdugʻani va 27 yoshli X.Ulugʻbek sodir etgani aniqlanib, hujjatsiz paxta chigitini ajratish sexi, 67 kg. paxta mahsuloti, jami 624 kg. dorilangan chigit mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-modda 2-qismi “v,g” bandlari (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar qiladi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.