Ijtimoiy himoya agentligi xabar yuzasidan oʻrganish natijalarini maʼlum qildi.
Oʻrganishlar davomida ushbu holat Denov tumanidagi “Ozod” mahallasida yashovchi fuqaro A.R. bilan bogʻliq ekani aniqlandi.
2025-yil iyul oyida qizni turmushga berish harakati boʻyicha mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan hamkorlikda tekshiruv oʻtkazilib, voyaga yetmagan shaxsni turmushga berish qonun hujjatlariga zid ekani taʼkidlangan va oilaga ogohlantirish berildi.
Shunga qaramay, 2025-yil 10-avgust kuni nikoh marosimi oʻtkazilgani maʼlum boʻldi. Ushbu holat boʻyicha mahalliy profilaktika inspektori tomonidan qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanib, aybdorlarga jarima belgilandi.
Hozirda A.R. Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan boʻlib, uning huquqlari va taʼlim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olindi.