Qabul shoxobchalariga 275 ming 600 tonnadan ortiq sifatli xom ashyo topshirildi.
Hosilni oʻz vaqtida va sifatli yigʻib olish uchun 1 ming 277 ta terim otryadi tashkil etildi. Terilgan xom ashyoni qabul shoxobchalariga yetkazib berish uchun 2 ming 10 ta traktor va 2 ming 965 ta tirkama jalb etildi.
Shu yildan vohada xorijiy tajriba asosida yuqori hosildor navlarni parvarishlash yoʻlga qoʻyilib, ayrim maydonlarda gektariga 80 sentnergacha hosil olindi. Xitoydan keltirilgan 60 ta zamonaviy paxta terish mashinalari hosilni qisqa vaqt ichida va sifatli yigʻib olishda muhim rol oʻynadi.
Viloyatning paxta rejasini bajarishda faol ishtirok etgan mexanizatorlar, suvchilar, terimchilar, mehnatkashlar va xoʻjalik rahbarlari munosib ragʻbatlantiriladi. Hozirda vohada yigʻim-terim ishlari qizgʻin davom etmoqda.








