Ular oʻz faoliyati davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari shugʻullanishadi. Shu jumladan, doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini oʻrganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv markazlariga yoʻnaltirish hamda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga yaqindan koʻmak beriladi.

Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 10-yanvardagi Farmoyishiga asosan hududdagi 721 ta mahallada hokim yordamchilari lavozimga tayinlandi. Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini baholash tizimi asosida har chorak yakunlari boʻyicha ishda yuqori natijalarga erishgan hokim yordamchilarini Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish hamda past natija koʻrsatganlarni lavozimdan ozod etish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritiladi.

Azimbek Samadov,

«Yangi Oʻzbekiston» muxbiri.