Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, dastlab mavsumni tashkil etish va amalga oshirish bilan bogʻliq aniq vazifalar belgilab olindi. Xususan, har bir ekilgan koʻchatning hisobini yuritish, uning sifatli parvarishi va sugʻorish tizimini yoʻlga qoʻyish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari har bir koʻchat uchun sugʻorish tizimini samarali tashkil etish va uning parvarishi uchun masʼul shaxslarni aniq belgilash zarurligini taʼkidladi va belgilangan hududda koʻchat ekdi.