Bu haqda Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.

Taʼkidlanishicha, Sariosiyo tumanining “Shahriobod” mahallasi Hurvatan qishlogʻida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilmoqda.