Xabarga koʻra, voqea 10-dekabr 21:30 larda tuman hududida joylashgan M-39 yoʻlining 1415-kilometrida Toshkent—Termiz yoʻnalishida sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, tumanning Qulluqshod mahallasida yashovchi fuqaro“Cobalt” rusumli mashinani yoʻlning taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida tezlikni oshirgan holda boshqargan va yoʻl chekkasiga chiqib ketib, YTH sodir etgan.
Mazkur yoʻl transport hodisasi oqibatida haydovchi voqea joyida halok boʻlgan. Aniqlanishicha, Haydovchi yonidagi yoʻlovchi mashina agʻdarilayotgan vaqtda tushib qolishga ulgurgan. Hozirda ushbu yoʻlovchi bilan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.