баннер
30 Mar 2025
06:15

    Surxondaryoda davlat zaxirasida boʻlgan yerni sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

    Fuqaro B.M.ning Surxondaryo viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.D. Qumqoʻrgʻon tumani "Xoʻjamulki" mahallasi hududida joylashgan davlat zaxirasidagi 0,43 gektar yer maydonini oʻziga tegishli ekanligiga ishontirib, ushbu yer maydonini 187 mln. soʻmga sotishini aytib, kelgusida tanishlari orqali yerni uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, kelishilgan pulni olayotgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech