Qurilish ishlari 2024-yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan boʻlib, 154 oʻrinli akademiya loyihasida yopiq va ochiq stadionlar, yotoqxona, oshxona hamda boshqa yordamchi binolar boʻlishi koʻzda tutilgan.
Bugun viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Termiz tumanida joylashgan Futbol akademiyasi negizida Eldor Shomurodov futbol akademiyasini qurish boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Taʼkidlanishicha, tanishuv chogʻida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha yakuniy ishlarni bajarish hamda qurilishni belgilangan muddatda boshlash topshirigʻi berildi.
Shuningdek, viloyat rahbari tashrif davomida futbol akademiyasida tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning futboldagi reja va maqsadlari bilan qiziqdi.