Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. fuqaro K.I.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Polvontosh” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yer maydonini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 300 mln soʻm evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 14 200 AQSH dollari va 100 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.