Surxondaryoda yetti kunlik farzandini pullamoqchi boʻlgan ona qamaldi

    Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilganiga 7 kun boʻlgan farzandini sotmoqchi boʻlgan ona ushlandi.

    “Millar“ dasturida xabar qilinishicha, 6 nafar farzandi boʻlgan 36 yoshli ayol oʻz bolasini 62 million soʻm evaziga sotayotgan vaqtida huquq tartibot xodimlari tomonidan ushlangan.

    Sud ayolga Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “A” bandi (Oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan aybdor deb topib, 3-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.