Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Shu yilning 28-sentyabr kuni soat 16:40larda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Termiz- Baqtriya” temir yoʻl bekatlari oraligʻining 4465-km 7-piketida qoʻriqlanadigan temir yoʻl kesishmasiga poyezd yaqinlashayotganligi sababli avtotransport vositalarining harakati cheklangan vaqtda, 1994-yilda tugʻilgan haydovchi “Gazel” avtomobilida qoidalarni buzgan holda harakatlangan va temir toʻsiqqa urilib avtomobil agʻdarilgan. 

Hodisa oqibatida elektrovoz tortib ketayotgan “Termiz-Darband” shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi poyezdi toʻxtab qolgan. 

Koʻrilgan tezkor choralar natijasida yoʻlovchi poyezdi shu kuni soat 17:25da harakatni davom ettirgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Hozirda masʼullar tomonidan holat boʻyicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.