18-oktyabr kuni soat 10:30 larda Denov tumani Sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. oʻziga tanish boʻlgan S.Q. hamda S.T. bilan oldindan ziddiyati boʻlganligi sababli oʻzaro janjallashib, janjal vaqtida D.I. ni urib, unga “yengil” tan jarohati yetkazilgan.
Viloyat IIB bergan maʼlumotga koʻra, hamshirani kaltaklayotgan ayol u bilan janjallashgan hamshiraning onasi boʻlgan. Holatni jabrlangan hamshiraning voyaga yetmagan qizi qoʻl telefonida tasvirga olib turgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, 23-oktyabr kuni S.Q. va S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.