Maʼlum qilinishicha, jinoiy zanjir afgʻonistonlik taʼminotchi hamda mahalliy keksa yoshli fuqarolardan iborat boʻlgan. Ular asosan Termiz shahri va tumani hududida faoliyat yuritgan.
Tintuv ishlari davomida 17 grammdan ortiq opiy giyohvandlik vositasi hamda uni isteʼmol qilishga moʻljallangan anjomlar daliliy ashyo sifatida olindi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan barcha gumonlanuvchilar qoʻlga olinib, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.