баннер
6 Mar 2025
12:31

    Surxondaryoda noqonuniy ov qilgan shaxslar jarimaga tortildi

    Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Tezkor tadbirlar davomida viloyat hududida noqonuniy ov qilib yurganlar aniqlandi. Xususan, Muzrabottumani “Ipak yoʻli” mahallasida yashovchi fuqaro X.R., Shoʻrchi tumani A.Safarov SIUda yashovchi fuqaro Sh.R., “Oxunboboyev” SIUda yashovchi fuqaro B.O., “Alpomish” mahallasi fuqarosi A.B., “Bunyodkor” mahallasidayashovchi fuqaro R.X., fuqaro Ch.A. va M.A. ov qilish ruxsatnomasisiz ov qilish talablariga rioya qilmagan holdaoʻziga tegishli boʻlgan ov qurollari bilan ov Muzrabot tuman “Ipak yoʻli” mahallasidagi “Sholipoya” massivida, yaʼni chegara zonasida ov qilib yurganligi maʼlum boʻldi.

    Fuqarolar ushbu harakati bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”giQonunning 17-23-27-moddalari va “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-33-moddalari talablarini qoʻpol ravishda buzishgan.

    Mazkur holat yuzasidan fuqarolarning har biriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarliktoʻgʻrisida”gi Kodeksning 90-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 20 barobari — 7 million 500 ming soʻmdan, jami 52 million 500 ming soʻm maʼmuriy jarima chorasi qoʻllanildi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech