Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida “Sangardak“ turistik markazi barpo etilmoqda.
Markazda 21 ta restoran, kafe va barlar, 296 ta savdo nuqtasi, mehmonxonalar 4 ta 3 yulduzli, 2 ta 5 yulduzli, 10 ta mehmon uylari, sanatoriy, madaniy hordiq maskani va1,6 km dor yoʻli, “zip layn“ va piknik hududlari quriladi.
Dor yoʻlining boshlanish nuqtasi, tirgaklarni betonlash ishlari yakunlangan, — deyiladi hokimlik xabarida.
“Sangardak“ turizm maskanining qachon foydalanishga topshirilishi hozircha maʼlum emas.









