Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish, yoshlarni ot sportiga keng jalb etish, mamlakatimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish borasidagi ishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi.
Termiz tumanidagi 65 gektarlik hududga ega bo‘lgan otchopar maydonida muassasaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimligi, harbiylar, hamkor tashkilot rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari, 2 000 nafarga yaqin mahalliy aholi hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida «Ot poygasi», «Ot ustida kurash» va «Uloq-ko‘pkari» kabi musobaqalar o‘tkazildi. G‘olib va faol chavandozlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Ta»kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlarimizni chuqur o‘rganish bilan bir qatorda yoshlarning vatanparvarlik ruhida o‘sib-ulg‘ayishiga xizmat qiladi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.