Unga koʼra, joriy yilning 9-yanvar kuni soat 14:30 larda Boysun tumani "Kosiblar" mahallasida joylashgan Boysun tumani tibbiyot birlashmasida shifokor vazifasida ishlovchi F.J ni fuqaro Sh.X urib tan jarohati yetkazishi natijasida yerga yiqiladi.

Ushbu holat yuzasidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida Sh.X, Sh.H, F.J ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi va ekspertiza xulosasiga koʼra F.J. (shifokor)ning olgan tan jarohati "engil" tan jarohati deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 10 yanvarь kuni Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro Sh.H va Sh.X larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismining «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda, deyiladi xabarda.