Soʻng internet ijtimoiy tarmoqlarda (“Telegram”) “At Termiziy University” xususiy universitet kanalini ochib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga oʻqishga qabul boshlangani haqida xabarlar beradi.

Ushbu universitetda oʻqish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln soʻmini toʻlov pullari sifatida qabul qilib olgan.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ota-onalar va abituriyentlardan Oʻzbekistonda mavjud nodavlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga hujjat topshirish yoki ularga kontrakt toʻlashdan avval, xususiy OTMlarning Oʻzbekiston Respublikasida tan olinganligiga rasmiy axborot kanallari orqali aniqlik kiritish soʻraldi.