Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Surxondaryo viloyat sudi ish yurituvidagi Sh. H.ga (birinchi instansiya sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan, hukm apellyatsiya instansiyasida oʻzgarishsiz qoldirilgan) doir jinoyat ishi boʻyicha berilgan taftish shikoyatini qanoatlantirib berish evaziga sudyaga (jinoyat ishi boʻyicha maʼruzachi) 1000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan advokat ushlandi.
Advokat ish boʻyicha fuqaroviy daʼvogarning vakili boʻlib, taftish shikoyati qonuniy koʻrib chiqilishi tushuntirilishiga qaramay takror pora taklif qilgani ortidan, sudyaning bildirgisi asosida, vakolatli organ tomonidan tadbir oʻtkazilib, daliliy ashyo bilan qoʻlga olingan.