Surxondaryoda televizor ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

    Investitsiyalar 26 Dekabr 2020 1251

    2021-yilda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududida eksportbop hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha jami 120 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Buning natijasida yiliga 2,3 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 250 mln. dollar qiymatidagi mahsulotlar xorijga eksport qilinadi. 25 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.

    Jumladan, erkin iqtisodiy zona hududida “Termiz konselyariya mollari” MCHJ tomonidan qiymati 63 mlrd. soʻmga teng boʻlgan yillik 15 ming dona televizor, “Indenim tekstil” MCHJ tomonidan qiymati 84 mlrd. soʻmga teng boʻlgan tayyor toʻqimachilik, “AZIYA ELEKTRON” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 142 mlrd. soʻm boʻlgan suv dispenserlari va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish koʻzda tutilgan.