Ushbu shaxslarning aksariyati Termiz shahridagi bozorlardan birida savdo faoliyati bilan shugʻullanib, “Telegram” messenjerida virtual guruh tashkil qilgan holda, unda terrorchilik tashkilotlari gʻoyalarini targʻib qilib, oʻzlarining Turkiya, Suriya va Misr davlatlaridagi gʻoyadoshlarini moliyaviy tomondan qoʻllab-quvvatlash maqsadida, plastik karta rasmiylashtirgan hamda unda yigʻilgan pul mablagʻlarini koʻrsatilgan hududlarga yuborish bilan shugʻullanib kelishgan.
Qoʻlga olinganlar orasida kelgusida Suriya hududiga borib, jangarilar safiga qoʻshilishni rejalashtirgan fuqarolar ham mavjud.
Guruh aʼzolarining xonadonlarida oʻtkazilgan tintuv tergov harakati jarayonida ekstremistik va terrorchilik mazmunidagi ashyoviy dalillar prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.